Mozaik evolyusiya
Mozaik evolyusiya – yuksak taksonlarga mansub organizmlar yangi guruxlarining paydo bo’lishida har xil organlar qayta tuzilishining bir xil tezlikda bormasligi. M.e. ayrim organ- lar va ular evolyusiyasining mustaqil borishi b-n bog’liq. M.e. tufayli “mo- zaik” belgilarga ega aralash formalar vujudga keladi. Mas, odam ajdodlarida juda erta paydo bo’lgan tik yurishga mos- lanish belgilari b-n birga bosh miyaning kichik va qo’lning kalta bo’lishidan ibo- rat maymunlar uchun xos belgilar, arxe- opteriksda qushlarga xos belgilar b-n bir qatorda sudralib yuruvchilarga xos belgilar ham bo’lgan. M.e. printsipini G.de bir (1954) ar-xeopteriksni urga- nish asosida shakllantirgan. Undan ancha oldin ingliz paleontologi D. Uotson (1919) seymurlar (sudralib yuruvchilar ajdodiga uxshash xayvonlar) tuzilishi- dagi mozaiklikni aniqlagan. M.e. prin- tsiplari u yoki bu darajada barcha orga- nizmlar filogenezida sodir buladi.