MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY IBN XO’JA BAQO
MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY IBN XO’JA BAQO (17-a.) — balxlik tarix- chi olim, ashtarxonishshraan. Subhon- Qulixon (hukmronligi: 1680-1702; Balx hokimi: 1651-80), shuningdek, Muhammad Muqimxon (Balx hokimi: 1702-07) saroylarida munshiy bo’lib xizmat qilgan. U Muhammad Muqimxonga bag’ishlangan “Muqimxon tarixi” (“ta – rixi Muqimxoniy”, 1697-1704) asari- da Balx va qisman Buxoro xonli-GMning 17-a.dagi ijtimoiysiyosiy tarixi- ni bayon etadi. Bu asar mukaddima va 3 bobdan iborat bo’lib, 1-bobda shay- boniylar davrida Movarounnahrning umumiy ahvoli tasvirlanadi. Asarning 2-3-boblari original bo’lib, unda bu- xoro xonligi va Balxning Hindiston, Eron, Turkiya va Qashqar b-n bo’lgan si- yosiy munosabatlari, Buxoro va Balx o’rtasidagi qurolli kurash (1702-04) xususida so’z boradi. Asarda sufiy- lik tariqatlarining rahbarlari, nu- fuzli eshonlar, hukmdorlar (mas, Balx hokimlari Solih Xo’ja, Mahmudbiy otaliq, Badaxshon hukmdori Miryorbek), xattotlar, shoirlar, shuningdek, Qunduz (Qatag’on), Termiz (Qo’ng’irot), Balx (Qurama), lag’mon (Olchin)da yashovchi o’zbek qavmlari hamda saroy mansablari va harbiy unvonlar to’g’risida ma’lumot- lar mavjud. Asarning 2qismi noma’lum sabablarga ko’ra yozilmay qolgan. Ashtarxoniylar tarixini o’rganishda muhim manba sanalgan bu asar (“Ubay- dullanoma” va “Abulfayzxon tari- XI” asarlari uning mantiqiy davomi hisoblanadi) 19-a. 20-y.larida Rossiya orqali Evropaga tarqaldi. Asardan par- chalar frantsuz tilida bosildi (1824), to’la ravishda eski o’zbek tiliga tarjima qilindi (1861). A. Semyonov tomonidan rus tilida chop etilgan. As: Mukimxanskaya istoriya, T., 1956. Ad.: Axmedov B., Istoriko-geografi- cheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv., T., 1985. Qahramon Rajabov.