Muhiddinov Mahmudali

Muhiddinov Mahmudali (1926.1.3, Farg’ona tumani)— O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1992). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1951). 1943— 56 yillarda Farg’ona va Quva tumanidagi maktablarda ona tili va adabiyot o’qituvchisi, maktab o’quv bo’limi mudiri. 1956 yildan Farg’ona viloyati pedagog xodimlar malakasini oshirish institutida ona tili va adabiyot bo’limi boshlig’i. 10—11-sinflar uchun “O’zbek tili” darsligini tayyorlashda ishtirok etgan; “7—8-sinflarda ona tili darslari” qo’llanmasi va “tajribalar ko’zgusi” to’plami muallifi.