Muhiti Kabir
Muhiti Kabir – okeanning o’rta asr Sharq tarixi va adabiyotidagi nomi. “Muhit” termini o’sha davrda dengiz, okean ma’nosida keng qo’llanilgan. Ayniqsa, Beruniyning “Hindiston”, “At-Tafqim” asarlarida Atlantika okeani — O’qiyonus, muhiti Mag’ribiy (G’arbiy okean), Shimoliy muz okeani — Daryoi muhiti Shimoliy, tinch okean — Daryoi muhiti Mashriqiy (Sharqiy Okean) tarzida keltirilgan.