Muhrkanlik
Muhrkanlik-muhr yasash kasbi. Muhrkanlik qadimdan O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Amir Temur saroyida, Buxoro, Qo’qon va Xiva xonlari saroyida va boshqa joylarda muhrkanlik ustaxonalari bo’lgan. Muhrkanlar xonlikdagi turli idora va muassasalar hamda amaldorlarning muhrlarini tayyorlashgan.