MU’INIDDIN NATANZIY
MU’INIDDIN NATANZIY (14-a 2-yarmi — 15-a. boshi) — tarix- chi olim. Eronning Isfahon viloyati- dagi Natanz qasabasidan. Davlatshoh Samarqandiynint “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asarida yozi- shicha, 15-a. boshlarida Sherozda Mirzo Iskandar saroyida Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar b-n birga M.N. ham yashab, ijod qilgan. 1414 y.dan Hirotda yashagan. Bizgacha M.N.ning fors tilida yozilgan “Muntaxab uttavorixi Mu’iniy” (“Mu’iniyning Saylanma tarixi”) nomli asari etib kelgan. Bu asar eng qad. zamonlardan Amir Temur vafotigacha bo’lgan davrdagi Markaziy Osiyo va b. bir qator o’lkalar tarixiga bag’ishlangan. “Muntaxab uttavorixi Mu’iniy”ning qo’lyozma nusxalari An- gliya, Frantsiya, Rossiya va Eron kutub- xonalarida saqlanadi. Asarning il- miy jihatdan ahamiyatli bo’lgan so’nggi qismlari (asosan, 13-14-a.lar tari- XI) matni frantsuz sharqshunosi Jan Oben tarafidan 1957 y.da Tehronda chop qilingan. Shuningdek, asardan ayrim parchalar frantsuz, rus va o’zbek tillari- ga tarjima qilinib, turli to’plamlarda nashr etilgan. Ld.: Ahm edov B. A., O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991; Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida, T., 1996; Amir Temur jahon tarixida [2nashri], T., 2001.