Mukor zamburug’lar
Mukor zamburug’lar (Mycorales) — fikomisetlar sinfi- ga mansub tuban zamburug’lar tartibi, ko’p yadroli hujayrasiz miseliydan rivojlanadi. Jinssiz ko’payish organ- lari — sporangiy. Jinsiy ko’payishi — zigogamiya. Zigosporalar bitta yoki bir nechta miseliy tarmoqlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. M.z.ning 6-8 oilasi (250 ga yaqin turi) bor. Ko’pchilik M.z. saprofit, organik sub- stratlarda yashaydi; ba’zilari boshqa M.z.da, yuksak zamburug’larda, mevalarda va o’simliklarning boshqa qismlarida yashab, har xil kasalliklar qo’zg’atadi. Ular odam va hayvonlarni ham kasal- lantirishi mumkin. Ayrim M.z., mukor achitqilar bijg’itish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun alkogolli ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi.