Mulda

Mulda (nem. mulde — tog’ora) (geologiyada) — qiya sinklinal burma- lanish yoki tektonik cho’kish natijasi- da shakllangan tovoqsimon yotqiziklar. Ba’zan sinklinal burmalarning pastki qismi xam M. deb ataladi. Geosinkli- nal-orogen va platforma strukturala- rining oralig’ida qo’shimcha deformasiya natijasida vujudga kelgan va ko’pincha qo’ng’ir ko’mir havzalari paydo bo’lishi b-n bog’liq M.lar farq qilinadi. Konlarni qazib olish natijasida paydo bo’ladigan va ta’siri er yuzasi- gacha tarqaladigan jinslarning sil- jish hollari cho’kish yoki siljish M.si deb yuritiladi. Er ostidan foydali qazilmalar kazib olinadigan hududlarda cho’kish ehtimoli bo’lgan, ya’ni siljish M.sida bino va inshootlar qurilishi taqiklanadi, bu maydonlar konga ajra- tilgan hudud deb hisoblanadi.