Mulk Raj Anand

Mulk Raj Anand (1905.12.12 -Pe- Shovar — 2002.15.9) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. London untini tugatgan (1929). Ingliz va hindiy tillarida ijod qilgan. Sajjod Zohir b-n hamkorlikda Hindiston taraqqiy-parvar ezuvchila- ri assosiasiyasiga asos solgan (1936). Dastlabki asarlari — “daxlsiz” (1935), “Hammol” (1936), “Qishloq” (1939), “Qilich va o’roq” (1942), “katta qalb” (1945) romanlari hamda “sartaroshlar Ittifoqi” (1944), “traktor va don ma’- budasi” (1947) hikoyalar to’plamlari va b. publisistik maqolalarida choy plantasiyalarida ishlaydigan ishchi va dehqonlarning og’ir hayoti tasvirlangan. “Hindiston rojasining hayoti” (1953), “Yo’l” (1961), “qahramon o’limi” (1963) kabi roman va hikoyalarida mustamlaka- chilik illatlarini fosh etadi, ayollar huquqini yoqlaydi. “Etti yil” (1951), “Tong jamoli” (1944), “oshiqning tavba- si” (1976) avtobiografik trilogiyasida mustamlakachilik oqibatlariga qarshi, ozodlik uchun kurashgan qahramon xarak- terining shakllanishi aks etgan. “Hind teatri” (1950), “Hind xalq raqslari” (1957) va b. ilmiy asarlar muallifi.