Mulkinaqib qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Mulkinaqib qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastining Qoradaryo rayonida. Toponim ikki qismdan iborat: mulk – “yer, suv, vatan” degan ma’noda bo’lib, “Naqibning mulki” demakdir. Naqib – mo’g’ulcha noyon “janob” degan so’z bilan aloqador bo’lib, “hurmatli, nufuzli” degan ma’noni anglatadi. S.Qorayev bergan ma’lumotga qaraganda, Naqib “biron jamoaning yoki qabilaning e’tiborli kishisi”dir. Buxoro xonligida XVII-XIX asrlarda Naqib qo’shinning tuzilishi, qurol-yarog’i va boshqalardan xabardor bo’lgan amaldor. Qoraqalpog’iston ASSR Beruniy rayonidagi Bo’lannoyib toponimi ham shu so’z bilan aloqador.

Leave a Reply