MULKIY SUG’URTA

MULKIY SUG’URTA – turli ko’rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog’liq manfaatlar sug’urta munosabatlarining obyekti hisoblangan sug’urtaning mustaqil tarmog’i. Sug’urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog’ida joylashgan mol-mulklar sug’urtalanishi mumkin. Sug’urtalanuvchi sifatida nafaqat mol-mulk sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo’lishi mumkin.