MULTIPLIKATOR SAMARASI

MULTIPLIKATOR SAMARASI – investitsiyalar va davlat sarflarining yalpi milliy mahsulot hajmi ortishiga ta’sirining kuchayishi. Investitsiyalar oshgan sari YaMM hajmi birlamchi pul investitsiyalarga nisbatan katta miqdorda o’sadi, chunki investitsiyalar multiplikatsion (ortib boruvchi) samaraga olib keladi. Birlamchi samaradan keyin ikkinchi, uchinchi va h.k. samaralar vujudga keladi. Bir xil sohalardagi bandlik boshqa tarmoqlardagi bandlikka (hosila sifatida) olib keladi. Xuddi ana shu ortib boruvchi samara multiplikalashgan samara deyiladi.