Mumdaraxt
Mumdaraxt (Hoya carnosa) — pechakdoshlar oilasiga mansub chirmashib o’sadigan doim yashil buta. Bargi etli, yaltiroq, guli xushbo’y, pushti, mumdan yasalganga o’xshaydi, to’pguli soyabonsimon. Janubiy-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Avstraliyaning nam subtropik o’rmonlarida o’sadi. Xonada tuvakda ham o’stiriladi.