Mumtoz mahal begim

Mumtoz mahal begim (asl ismi arjumand Bonu) (taxm. 1594, Mashhad — 1631.17.6, Burhonpur) — bo- Buriy malikalardan. Shoh Jahonnnj suyukli xotini. U asli eronlik bo’lib bobosi va ota-onasi Hindistonga ko’chib kelib, Akbarshoh xizmatiga kiradi. 1611 y.da arjumand bonuning ammasi Nurjahon (Mehriniso) Jahongirshohga turmushga chiqqach, arjumand bonuning bobosi e’timod ud-Davla bosh vazirlik mansabiga, otasi E’tiqodxon (Osafxon) esa saroy boshqaruvchisi lavozimiga ko’tariladi. 1613 y. 19 yoshli arjumand Bonu 21 yoshli Shahzoda Xurram (Shoh Jahon)ga turmushga chiqadi. Arjumand Bonu tez kunda tadbirkorligi, nozik tabiati, iffati, tengsiz husnlatofati, ayrim kelishmovchiliklarni oson xal qilishi b-n saroy a’yonlari o’rtasida katta e’tibor krzonadi. Shuning uchun ko’p o’tmay u mumtoz mahal begim (saroy- ning kurki) deya atala boshlandi. 14-Far- zandini tug’ishda vafot etgan. O’limi oldidan unga atab dunyoda tengi yo’q maqbara bunyod etishni eridan iltimos qilgan, katta qizi Jahonoro begimsan esa Shoh jahonning hrlidan xabar olib, unga g’amxo’rlik qilib turishni vasiyat qilgan. Shoh Jahon M.m.b.ga atab Agrada Tojmahalni bunyod etgan.