Bilasizmi?

Mumtoz uslub nima?

Klassisizm-mumtoziyat asosan me’morchilikda, XVII asrdan e’tiboran to XIX asrning boshlari davomida rivojlandi. Antik san’atni taqlid uchun andoza, namuna sifatida idrok va inkishof etish unga xosdir. Barokkoga xos bo’lgan shakllar murakkabligi o’z o’rnini marom va tuzilishning antik munazzamligi va tushunarligiga bo’shatib berdi. Rassomlar va me’morlar Yunoniston va Rim ustalarining tajribalariga qaytadan murojaat etdilar. Bu uslubning xususiyatlari jamoatchilik binolari me’morchiligida hammasidan ko’ra yorqinroq namoyon bo’ladi. Ulardan ba’zilari sizga albatta yaxshi tanish — Panteon, Triumfial ark, Parlament. Barchasi Parijda joylashgan. Turli imoratlarda antik motiv-mavzular: ustunlar, pilyastrlar, gumbazlar, haykalchalar o’rnatilgan arklar va nimdumaloq ravoqlardan foydalanildi. Keng zallar xuddi avvalgidek qaytadan chorsi tarhini kasb etdi. Haykaltaroshlik borasida so’z yuritadigan bo’lsak, bunda Yunoniston va Rim namunalarining ta’siri ko’zga tashlanadi, chunki qadimiy haykallar obdon o’rganildi va hattoki ulardan nusxalar ko’chirildi. Haykallar bo’rttirilgan bir tarzda osuda va harakatsizdek tuyuladi. Rassomchilikdagi mumtoz uslubni, uning bosiq ranglardan, ohu qora zidlashtirilishidan, shuningdek tasvirlash rejalarining munazzam bo’lishidan foydalanishi singari xossalariga ko’ra aniqlash mumkin.