Munchoqtepa

Munchoqtepa, Qorovultepa qadimgi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 14-15-asrlar). Janub-Surxon suv omborining shimoliy chekkasida joylashgan. Ark va mudofaa devori bilan o’ralgan shahristondan iborat. Miloddan avvalgi 1— milodiy 6-7-asrlarda shahar hayoti taraqqiy etgan.