Munda
Munda (o’zlarini xoroko — odam- lar deyishadi) — Hindistondagi xalq. Asosan, Bihar shtatida 2 mln. dan ortiq (1990-y.lar o’rtalari), Bangladeshda taxm. 20 ming kishi, G’arbiy Bengaliya, Orissa va Madhya-Pradeshda yashaydi. Xindi- stonning eng kad. axoliey ajdodi. Ular- ni dravidlar, so’ngra oriy qabilalar Markaziy Xindistonning tog’li, o’rmon r-nlariga surib chiqarganlar. M. 18-a. oxiridan inglizlarning mustamlaka asoratiga tushgan. 1818-20, 1855-95 y.larda M.larning yirik milliy ozod- lik qo’zg’olonlari bo’lib o’tgan. M.lar munda tillarida so’zlashadi. Dindor- lari — asosan, Hin-duizm, xristian va an’anaviy dinlarga e’tiqod qilishadi. M. dehqonchilik, baliq ovlash, ovchi- lik, hunarmandchilik va terimchilik b-n mashg’ul, bir qismi konlarda va me- tallurgiya sano-atida ishlaydi. Go’shtni kam iste’mol qilishadi, sut ichish man qilingan.