Muntasir Ismoil ibn Nuh Abu Ibrohim

Muntasir Ismoil ibn Nuh Abu Ibrohim (? — 1005) — Somoniylardan. Sulolaning oxirgi hukmdori Abdulma- lik ibn Nuh (999— 1000)ning biroda- ri. 1000 y. ilikxonlartn Nasr M. b-n Abdulmalikni tutib O’zganda zindonga tashlagan. M. bir xotin qiyofasida zin- dondan qochib, Buxoroda yashirinib yur- gan, Xorazmga borib somoniylarning qolgan-qutgan askarlarini to’plab o’ziga “Muntasir” (“g’olib”) degan unvon ol- gan va saltanatni tiklash uchun kurash boshlagan. 1000 y. Xuroson, G’azna, Nisho- pur tarafida Ilikxon, Qobus va Mahmud G’aznaviyga qarshi jang qilgan. G’azna aholisining yordami b-n Ilikxonni 2 bor mag’lubiyatga uchratgan bo’lsada, ana shu G’azna aholisining xiyonati tufayli 1005 y.da Mahmud G’aznaviydan engilgan va qatl etilgan.