Murid

Murid (Arabcha— ergashuvchi) — pir yoki eshon (murshid)ga qo’l berib, sufiylik yo’liga kirgan shaxs. Tasavvufda tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird ma’nosida ishlatiladi. Murid -murshidlik munosabatlari Muridning o’z piriga so’zsiz itoat etishi, xizmat qilishi va uning izidan borishini taqozo qilgan. Umuman, Murid atamasi Sufiy va hatto oddiy musulmon ma’nolarini ham anglatadi.