Murodov Jo’rabek

Murodov Jo’rabek (1942.24.12, Tojikiston, Ayniy tumani) — tojik xonandasi (lirik tenor) va bastakor. Milliy mumtoz, zamonaviy kompozitor hamda bastakorlar asarlarining mohir ijrochisi. Tojikiston xalq, artisti (1971). Xo’jand ped. in-tini tugatgan (1962). 1963 y.dan Tojikiston filar- moniyasi yakkaxoni. O’zining shirador va ta’sirchan ovozi b-n she’r mazmuni va na- zokatini, insoniy tuy-g’ularni tinglov- chi qalbiga tugal va mohirona etkazish M. talqiniga xos. Repertuarida tojik xalq qo’shiklari va zamonaviy ashulalar muqim o’rin tutadi. “Vatan”, “Ona”, “Zamin”, “non ushog’i”, “do’stlarni yo’qotma”, “mening ko’zlarim”, “Ro’dakiy qo’shig’i”, “yor diydori”, “K,alb zori- ni qaydan bilasan?”, “Ul lolaruxsor” kabi qo’shiqlari mashhur. Shuningdek, turli xalqlarning qo’shiklari M. ijro dasturini boyitdi. Bastakor sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Rumiy, Bedil g’azallari va M. Tursunzoda she’rlariga yaratgan kuylari mashhur. Osiyo, Evropa, Amerika mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda bir necha bor gastrolda bo’lgan.