Murtak xaltachasi

Murtak xaltachasi, murtak qopchasi (Saccus emryonalis) — nusellusdagi hujayralardan (arxeosporalardan) biri. Ikki marta bo’linib, xromosomalar soni reduktsiyalanadi. Yangi hosil bo’lgan to’rtta hujayradan bittasi tez o’sib, kattalashadi va qolgan uchtasini hamda nusellusning anchagina qismini siqib chiqara boshlaydi. Ana shu kattalashgan hujayra megaspora (makrospora) bo’lib, murtak xaltachasi deb ataladi.