MURVEDR
MURVEDR, Murvedr Nuar, Murvedr Espar, Espar, Pino Fleri, Agach sap — is-Pan vinobop kechpishar uzum navi. G’arbiy Evropa navlari ekologik-Geo- grafik guruhiga kiradi. Qrim, Krasno- dar o’lkasida, Ozarbayjon, O’zbekiston, Turkman iston va b. mintaqalarda eki- ladi. Tupi kuchli o’sadi. Barglari o’rtacha, yumaloq yoki sal cho’ziq, tig’iz, chetlari pastga egikroq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yumaloq-uzunchoq, tig’iz. G’ujumi o’rtacha dumaloq yoki bir oz cho’ziq, to’q zangori, xushbo’y, usti mum-g’ubor b-n qoplangan, po’sti qalin, eti sersuv. Faol harorat yig’indisi 2650°-3100° bo’lganda 127-157 kunda (sent. oxirla- rida) pishadi. Hosildorligi 120-200 ts/ga. Zamburug’li kasalliklarga, sovuqqa chidamsiz. M.dan turli xil vinolar tay- yorlanadi.