Musa Jalil
Musa Jalil (taxallusi; asl ism- sharifi Jalilov Muso Mustafoevich) (1906.2(15).2, Orenburg guberliyasi Mu- stafin qishlog’i — 1944.25.8, Berlin) — tatar shoiri. Tatar opera va balet teatri asoschilaridan biri. Orenburg sh.dagi “Husayniya” madrasasida o’qigan. 1922 y.da Qozon sh.ga kelib, tatar ishchi-yosh- lar maktabida ta’lim olgan. Moskva un- tining adabiyot f-tini tugatgan (1931). Moskvada chiqqan “kichkina o’rtoqlar” (“Kechkene ip-teshler”) nomli tatar jur. muharriri (1927). Tatariston yozuvchi- lar uyushmasi raisi (1939-41). 2-jahon urushi yillarida fashizmga qarshi ku- rashda gitlerchilar qo’liga tushib, ber- Lindagi Maobit turmasiga tashlangan va Plet-tsenze harbiy turmasida qatl etil – gan (1944 y. 25 avg.). M. J.ning mashhur “Maobit daftari” (1942-44) she’- rlar turkumi shu konslagerda yozilgan. “O’rtoqlar” (1929) she’rlar to’plami, “Xat tashuvchi” (1940) dostoni, “Oltin soch” (1941), “Eldor” (1941) opera li- brettolari, “okopdan xat” (1946) kitobi va b. asarlar muallifi. “Maobit dafta- ri” she’rlar turkumi o’zbek tiliga tar- jima qilingan (1956). Sherali Turdiev.