Musallas

Musallas — 1) engil vinolar- ning umumiy nomi; 2) vinoning xonaki turi. Yangi pishgan uzumdan oq (faqat sharbatni bijg’itish yo’li b-n), kizil (sharbat va turpini birga bijg’itish yo’li b-n) M.lar tayyorlanadi. Tarkibida 9— 12% spirt bo’ladi, sof (tarkibida qand yo’q) va yarim shirin (2-8% qand bor) xillariga bo’linadi. O’zbekiston hududida qadimdan mashhur sharob, may nomlari ham bor. M. tayyorlashning qad. usullari hozirgacha saqlanib keladi. M. alo-hida bir xil uzum navidan yoki har xil navlaridan tayyorlanadi. Pishib etilgan uzum yuvilmasdan shingili b-n g’ujumlari ajratib oli- nib, qo’lda yoki maxsus ezgichda eziladi va xumga, yog’och bochkaga yoki sirli, zan- glamaydigan idishga solib, issiq joyda 7-10 kun bijg’itiladi. Bijg’itish ja- rayoni tez o’tishi uchun unga xamirturush, eski vino yoki jiyda — achitqi solina- Di. Bijg’itish davomida uzum to’ponlari (shingil bandlari, g’ujum po’stlari) yuqoriga ko’tariladi. Bijg’igan uzum suvi suzib olinadi, qaynatib etilishi davom ettiriladi, og’zi zich yopiladigan idishga solinadi. Bu jarayonda paydo bo’ladigan gazlar chiqib ketishi uchun in- gichka shlangning bir uchini idish ichi- ga, ikkinchi uchini tashqaridagi suvli idishga solib qo’yiladi. Qaynash tugagach, u tinik, holga kelguncha tindirib, keyin loyqalatmay kiyik o’ti qaynatmasi b-n chayilib, oltingugurt tutuni b-n ste- rillangan (mikroblardan tozalangan) idishga quyilib, og’zi havo kirmaydigan qilib, chaqichlab berkitiladi va salqin joyda saqlanadi. Shuningdek, M.ni suv- da ivitib, so’ngra ezilgan mayizdan ham tayyorlash mumkin.