Musaylima
Musaylima (asl ismi Maslama, 634 yil vafot etgan) — Arabiston yarim orolida Muhammad payg’ambar vafotidan keyin payg’ambarlikni da’vo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan Banu xanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu Bakr davrida u mutanabbiylar (soxta payg’ambarlar) safiga kiritilgan va musulmonlarning bu kabilaga qarshi jangida halok bo’lgan.