Musicha
Musicha (Streptopelia senegalensis) — kaptarsimonlar oilasi g’urraklar urug’iga mansub qush. Dumi uzun, boshqa kaptarsimonlarga nisbatan kichik. Ta- nasining orqa tomonidagi patlari bir xil kulrang, bo’yni orqasida qora rangli yarim halqasi bor. Urugning boshqa tur- laridan gavdasining kichikligi (uz. 14— 30 sm), daraxtlar shoxiga in qurmasligi b-n farq qiladi. O’rta Osiyoda keng tarqalgan, turar joylar yaqinida yashay- Di. Binolarning bo’g’otlariga in quradi, 2-3 ta tuxum qo’yadi. Bir yilda bir necha marta bola ochadi. O’troqyashaydi. O’simliklar urug’i, jumladan, don va non uvoqlari b-n oziklanadi.