Musorgskiy Modest Petrovich

Musorgskiy Modest Petrovich [1839.9(21).3, Pskov viloyati, Karevo qishlog’i — 1881.16(28).3, Peterburg] — rus kompozitori. “Qudratli tuda” guruhi a’zosi. Ijodiy izlanishlari markazida opera janri turadi. “Boris Godunov” (1869) va “Xovanshchina” (N. Rimskiy- Korsakov tomonidan yozib tugallangan) opera (“xalq musiqali drama”)lari rus re-alistik musiqasining durdonala- riga aylangan. Mazkur asarlarida M. xalq hayoti, orzu-umidlarini haqqoniy aks ettirib, xalq, ayniqsa, og’zaki nutq ohanglaridan ijodiy foydalangan. Ki- shilarning jonli obrazlarini kichik dramatik sahna tarzida yaratgan roman- Slarida tasvirlar ekan, hayotning zid- diyatli ijtimoiy mavzulariga murojaat etgan (“Kallis-trat”, “etimcha”, “Rayok” va b.). “Sorochinsk yarmarkasi” operasi, “Ko’rgazmadagi rasmlar” fortepiano turkumi, “oftobsiz”, “ajal qo’shiq va raqslari”, “bolalik” vokal turkumlari ma-shhur. O’zbekistonda “Boris Godu- Nov” operasi, ayrim simfonik va kamer (cho-lg’u, vokal) asarlari muntazam ijro etilmoqda.