Musrepov G’abit Mahmudovich
Musrepov G’abit Mahmudovich [1902.9(22).3 — Qozog’iston, Kustanay viloyati — 1985, Olmaota] — qozoq adibi va jamoat arbobi, Krzog’iston FA akad. (1958). Ijodi 20-y.larning o’rtalarida boshlangan. Ilk hikoya va ocherklari, “Girdob” (1928) qissasi fuqarolar uru- shi haqida. M. 30-y.larda dramatik asar- lar yaratdi. “Qiz-Jibek” (1934), “Omon- geldi” (hamkorlikda, 1936), “qo’zi ko’r- pesh va bayan suluv” (1939), “Okon-Seri va oq-tuqti yoki shoir fojiasi” (1942) kabi sahna asarlari mashhur. “Qozoq soldati” (1949), “uyg’ongan o’lka” (1953) romanlari yozuvchiga katta Shuhrat keltir- gan. “Onaning jasorati” (1958), “Dovon- da” (1965), “bir kun va bir umr” (1967), “Yillarimiz hikoyalari” (1979) singari hikoya va qissalar to’plamlariga kirgan asarlarida, “uchrashmay ketgan bir siy- mo” (1970) nasriy dostonida qozoq xalqi hayotining turli bosqichlari haqqoniy tasvirlangan. “Hikoyalar” (1961), “Qissa va hiko-yalar” (1970) to’plamlari, “qozoq soldati” romani (1962) o’zbek tiliga tar- jima qilingan.