Musson iqlimi

Musson iqlimi – atmosfera sirkulyatsiyasi musson xarakterida bo`lgan, ya’ni havo massalari yozda dengizdan quruqlikka, qishda esa quruqlikdan dengizga tomon harakat qiladigan o`lkalar iqlimi. Musson iqlimida qish quruq, yoz esa seryomg`ir bo`ladi. Musson iqlimiga Hindiston, Hindixitoy, Uzoq Sharq, Sharqiy Xitoy musson iqlimlari misol bo`la oladi.