Mustang

Mustang (ispancha mustango) — xonaki otlarning yovvoyilashgan AV- Lodi. Evropaliklarning istilosidan keyin ular shim. Amerikaga keltirgan xonaki otlarning yovvoyilashuvidan ke- lib chiqqan. Egasiz qolgan, qo’ralardan chiqib ketgan otlar hosildor yaylovlar — preriyalarda yovvoyilashib, kattakat- ta uyurlarga aylangan. Mahalliy aholi M.larni go’shti, terisi uchun ovlagan, qo’lga o’rgatgan. 18-19-a.larda ularning soni 4 mln.ga etgan. M. 20-a.ga kelib bir necha o’n ming nafargacha kamayib ketgan. Avstraliyada ham yovvoyilashgan yilqilar — brambi (Avstraliya mu- stangi) saqlanib qolgan. Amerika va Avstraliyada M.lar yashaydigan hududlar qo’riqxonalarga aylantirilgan.