MUSTAQILLIK DARSLARI
MUSTAQILLIK DARSLARI – O’zbekistondagi ta’lim muassa- salarida 1991 y.dan joriy qilingan o’quv mashg’ulotlari. O’quvchi va tala- balarga O’zbekiston Respublikasi is- tikloli uchun kurash tarixi, uning mazmunmohiyati, Bunyodkor g’oyalari, hoz. kuni, istiq-boli to’g’risida aniq va mu- kammal bilimlar berishga bag’ishlangan. O’zbekistonning barcha umumiy o’rta ta’- lim maktablari, oliy hamda o’rta maxsus va o’rta kasb-hunar o’quv yurtlarida yangi o’quv yilning birinchi darsi har yili 2 sent.da M.D. b-n boshlanadi. M.D. maxsus reja va dastur asosida olib boriladi. M.D.ning o’quv das-turlariga kiritili- shi yoshlar ongida mafkuraviy bo’shliqqa o’rin bermaslik, ularda g’oyaviy, maf- kuraviy im-munitetni shakllantirish, ularni jamiyat oldidagi o’z vazifala- rini fidoyilik b-n amalga oshirishga yo’naltirish imkoniyatini beradi. 2001 y.dan boshlab M.D. butun o’quv yili da- vomida “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining bir qismi sifatida o’tkaziladigan bo’ldi. M.D.da “Vatan mustaqilligi uchun kurash tarixidan”, “Vatan mustaqilligining qo’lga kiritilishi”, “Ogoh bo’laylik”, “jamiyatni demokrat- lashtirish yo’lidan”, “taraqqiyotning o’zbek modeli”, “ma’naviymadaniy yuksa- lish yo’lidan”, “Vatan xavfsizligining ta’minlanishi”, “xalqaro hamkorlik” kabi mavzular bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi.