Musulmonqul
Musulmonqul (taxm. 1794— 1852) — Qo’qon xonlmgidagi qipchoqlar rahbari. 1844 y.gacha Andijonda qo’shinlar boshlig’i (Botirboshi). 1847 y.dan ming-boshi. Qo’qonni Buxoro ami- ri Nasrullaxon hujumidan mudofaa etish raxbarlaridan biri (1842). Qo’qon xoni Sheralixonniit soliq siesati- ga qarshi xonlikning qator tumanla- rida qo’zg’olonlar ko’tarilgan. 1845 y. O’shdagi qo’zg’olonni bostirish uchun M. yuborilgan. Uning yo’qligidan foyda- langan Murod (Olimxonning o’g’li) she- ralixonni o’ldirib, o’zini xon hamda Buxoro amirining noibi deb e’lon qilgan. Qo’qonliklar bundan norozi bo’lib, uni qo’llab-quvvatlamaganlar. M. bu vo-qealardan xabardor bo’lib, qizini Sheralixonning o’g’li Xudoyor- xonga turmushga beradi va u b-n birga Qo’qonga kelib, bir necha kungina xon bo’lgan Murodni o’ldiradi, yosh Xudoyor xon deb e’lon kdlinadi. M. esa muvaqqat xrkim bo’ladi. Shu davrdan boshlab Qo’qonda faqat qipchokdar to’dasining hukmronligi boshlanadi. M. xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda o’zi boshqaradi. 1852 y. farg’onalik mulkdorlar Toshkentli- klar yordamida qipchokdar xrkimiyati- ga qarshi qurolli kurash boshlashgan. Bilqillama (Farg’onaning sharqida) jangida qipchoqlar engilgan. M. shu jangda o’ldirilgan. Ad.: Bobobekov h., Ko’qon tarixi, T., 1996; Beysembiev T. K., “Tarixi -i Lljaxruxi” kak istoricheskiy istochnik, Alma-Ata, 1987.