Mutatsiya
Mutatsiya, o’zgarish, almashish – barcha tirik organizmlarga xos xususiyat. Bunda irsiy informatsiya yoki irsiy belgilar tabiiy yoki irsiy оmillаr ta’sirida birdaniga o’zgarib, yangi barqaror belgilar hosil qiladi, keyinchalik Ьи belgilar nasldan-naslga o’tish xususiyatiga ega bo’ladi. Irsiy asosning o’zgarish xarakteriga qarab mutatsiya genomli, xromosomali va genli mutatsiyalarga bo’linadi. Нujayra yadrosi bilan bog’liq bo’lmagan genlarning mutatsiyasi sitoplazmatik mutatsiya deb ataladi.