MUXTORIYAT
MUXTORIYAT (arabcha) — o’ziga mustaqillik, avtonomiya. Konstitutsiyaviy huquqda biron-bir hududning unga Konstitutsiya yo’l qo’ygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Muxtoriyat markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o’tishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu – federativ davlatdagiga nisbatan kamroq darajada bo’ladi. Muxtoriyat keng ma’noda biron-bir ilmiy muassasa (masalan, unversitet), turli tashkilotlarning muayyan masalalarni o’z holicha, mustaqil hal qilish huquqi ma‘nosida ham ishlatiladi.