Muz bosishi
Muz bosishi – tabiiy muz to`planishi va uning siljib, atrofdagi joylarni qoplashi. Yer yuzining ayrim qismlarini geologik davrlar davomida bir necha bor muz bosganligi ma’lum. Bunday muz bosishlari turli joyda turli nomlar bilan ataladi. Yevropada uch marta, Shimoliy Amerikada to`rt marta muz bosishi bo`lgan. Hozirgi Antarktidadagi, Grenlandiyadagi va Arktika orollaridagi muzlar ham ana shunday muzlardir.