Muzqaymoq qachon paydo bo’lgan?
Muzqaymoqni yevropaliklarning bolalari vaflili stakanchalarda ilk marta tatib ko’rishlaridan ancha-muncha oldin sharqda kashf etishgandi. Tadqiqotchi Marko Polo uyoqlarda odamlar qanday qilib muzqaymod yeyishganini ko’radi. Bu g’oya unga shu qadar yoqib qolgan ediki, sayohatchi uni Italiyaga olib keladi. Bu mamlakatdan muzdaymoq Fransiyaga kelib soladi va obro’li zotlarning ommaviy ermagiga aylanadi. Ular muzqaymoq tayyorlash retseptini qora xalqdan yashirishga urinadilar. Biroq, hamishagidek, odamlar bu rohatijon yegulikning ta’mini bilib olishadi va muzqaymoq ular orasida ommalashib ketadi. Tez orada muzqaymoq butun dunyoga tarqaladi va hatto Qo’shma Shtatlarga ham yetib keladi. Muzqaymoq tayyorlash bo’yicha birinchi zavod 1851 yili Merilend shtatidagi Baltimor shahrida ishlay boshlagan. Ammo baquvvat muzlatish qurilmalari paydo bo’la boshlagan asrimizning boshlariga qadar muzqaymoq ishlab chiqarish unchalik keng tarqalmadi. Muzqaymoq qaymoq, sut yoki sut mahsulotlaridan tarkib topadi va unga ba’zan tuxum ham qo’shiladi. Ta’mini oshirish uchun muzqaymoqqa vanilin, shokolad, olxo’ri, yong’oq yoki mevalar qo’shiladi. Oddiy muzqaymoqning retsepti quyidagicha: 80-85% qaymoq yoki boshqa sut mahsulotlariga 15% shakar, 0,4 dan 0,5% gacha xushbo’y beruvchilar va 0,3% stabilizatorlar qo’shiladi. Stabilizatorning uncha katta bo’lmagan miqdori muzqaymoq ko’proq bir tusda bo’lishi va muzning dag’al kristallari shakllanishi oldini olish uchun qo’shiladi. Bu maqsadda odatda oziq-ovqat jelatini ishlatiladi. Siz vanilinli muzqaymoq stakanchasining uchdan birini yeganingizda, yarim piyola sut tarkibida qancha kaltsiy, protein va V vitamini, to’la piyolada qancha A vitamini bo’lsa o’shanchasini iste’mol qilgan bo’lasiz.