Muzrabotsoy

Muzrabotsoy (o’rta oqimida Kam-pirtepasoy) — Surxondaryo VI- loyati Sherobod va Muzrabot tumanla- ri hududidagi soy. Qo’hitang tog’ining Jan.-Sharqiy yon bag’ridan (3139 m) bosh- lanadi. Uz. 62 km, havzasining mayd. 126 km2 . M.ning bosh qismi Machaylisoy deb yuritiladi. Bahorda unga umumiy uz. 63 km bo’lgan 30 ga yaqin soy qo’shiladi. M.ning yirik irmoklari Tomchilisoy, Anjirbuloq. M.dan Sherobod cho’lidagi xo’jaliklar suv oladi.