Muzyorar
Muzyorar — muzlab qoladigan suv havzalari (ko’llar, daryolar, okeanlar) da kemalar qatnovi uchun yo’l (kanal) ochib beradigan eshkak vintli kema. U muzni tumshug’i b-n o’z og’irlik kuchi ta’siri- da yorib va yoni b-n sindirib yo’lni ken- gaytirib boradi. M.ning tumshug’i va quyrug’i o’tkir qirrali qilib, mustahkam po’lat qoplab yasaladi. Tumshug’i muz sir- tiga chiqib turishi uchun 20— 35° qiya qilinadi. Eshkak vintlari bitta, ba’zi- da ikkita yoki uchta bo’ladi. M. bosh turbi- nasi (dvigateli)ning quvvati — 55mvt ga etadi. Birinchi kuchli M. — “Paylot” 1864 y. Rossiyada qurilgan (dvigateli- ning quvvati 44,2 kVt). Key-inchalik SSSR, AQSh, Kanada, Finlyandiya, Shve- tsiya, Daniyada yirik M.lar yasalgan.