Mvanza

Mvanza — Tanzaniyadagi shahar, Viktoriya ko’li sohilida. Mvanza viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 223 ming kishidan ziyod. Savdo-transport tuguni va qishloq xo’jaligi (paxta, tamaki, kofe, qoramol) hamda konchilik (oltin) rayonining sanoat markazi. Temir yo’l orqali Dorussalom shahri va Tanganika ko’li sohilidagi Kigoma porti bilan bog’langan. To’qimachilik, oziq- ovqat (un tortish), ko’n-poyabzal sanoati korxonalari, konteyner, qurilish materiallari, oyna, qishloq xo’jaligi va irrigatsiya jihozlari va boshqalar ishlab chiqaruvchi zavodlar mavjud.