NABIRA

NABIRA, nevara — birinchi va uchinchi bo’g’in avlodlar o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan atama. Ota-onaga o’g’il yoki qizning farzandi (boboga, buvaga nisbatan) Nabira bo’ladi; o’g’ilning bolasi o’g’il Nabira, qizning bolasi qiz Nabira, qiz Nabiraning eri Nabira kuyov, o’g’il Nabiraning xotini Nabira kelin deb ataladi.