Nabiyev Malik

Nabiyev Malik (1916.5.1, Toshkent) — rassom, pedagog, O’zbekistan Badiiy akademiya akademik (1997), O’zbekistan xalq rassomi (1992). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Toshkent rassomlik bilim yurtida ta’lim olgan (1933— 37), Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1962). Toshkent rassomlik bilim yurtida (1938— 58), 1958 yildan Toshkent pedagogika institutining badiiy grafika fakultetida o’qituvchi, rangtasvir kafedrasi mudiri (1963-88), 1973 yildan hozirgi Toshkent pedagogika universiteti professor Nabiyev, asosan, portret va tarixiy janrlarda ijod qiladi. Tarixiy mavzudagi asarlariga g’oya va mavzuning ravshanligi, kurash, qarama-qarshiliklarda to’qnashgan tomonlar holatini aniq belgilanishi, davr ruhini aniq tasvirlash kabi xususiyatlar xos bo’lsa, portretlarida zamondosh shaxslar tabiiy holatda, samimiy tasvirlanadi: “do’stim portreti” (1933), “qo’zg’olon bostirildi” (1940), “makedoniyaliklarga qarshi Spitamen qo’zg’oloni” (1960), “Abu Rayhon Beruniy” (1950, 1972), “Bobur” (1962), “Xalq artisti Hasanov” (1970), “O’qituvchi M. G’oipova” (1977), “Amir Temur” (1994) portretlari va boshqalar. Risolalar va uslubiy qo’llanmalar muallifi. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2000). As.: Boshlang’ich sinflarda rasm chi- zish metodikasi, T., 1965; rasm chizishni o’rgatish metodikasi, T., 1971; Rangshunoslik, T., 1995.