Nabonid

Nabonid — Bobilning so’nggi podshosi (miloddan avvalgi 556-539 yillarda hukmronlik qilgan). Oromiylarlan. N. Eron bilan kurashish uchun G’arbiy Osiyoning barcha oromiy qabilalarini yagona davlatga birlashtirishga harakat qilgan. Arabistondagi Taymu va boshqa viloyatlarni tobe ettirish uchun 10 yil kurashgan, o’g’li Valtasarni Bobil noibi qilib tayinlagan. Diniy islohotlar o’tkazgan, oy ma’budi Sinaga homiylik qilgan. 539 yil kuzida Bobil forslar tomonidan bosib olingan. Nabonid asir olingan.