Naimov Hayot
Naimov Hayot (1912.21.3 — Buxoro — 1995.14.2) — aktyor, rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1967). Buxoro musiqa bilim yurtini tugatgan (1930). Buxoro teatrida sozanda (1930-41), aktyor (1941— 78), rejissyor yordamchisi (1978-86). Naimov ko’proq hajviy aktyor sifatida tanilib, o’zbek xalq masxarabozlik teatrining ijrochilik an’analarini davom ettirgan. Rang-barang satirik va dramatik obrazlar yaratib, sahna san’atida uziga xos ijro uslubi bilan iz qoldirdi. Qozi (Hamza , “Maysaraning ishi”), Vali (U. Hojibekov, “Arshin mol olon”), Shmaga (A. Ostrovskiy, “aybsiz aybdorlar”), Mansur (Uyg’un, I. Sulton, “Alisher Navoiy”), Zargarov (A. Qahhor, “Og’riq tishlar”), Mirzakarimboy (Oybek, “Qutlug’qon”), Hoshim labbay (S. G’ani; F. Soliyev, “Tuy”), Toshbolta (H.G’ulom; M. Leviyev, “Toshbolta oshiq”), Mulla Bashir (S. Jamol, “Guli siyoh”) kabi obrazlar bilan elga tanildi.