NAMAKOB SUVLAR
NAMAKOB SUVLAR — 1) liman, sho’r ko’llar, sun’iy havzalar, shuningdek, yer osti suvlarining yuqori darajada minerallashgan tabiiy suvlari. Ular yer osti gidrosferasida keng tarqalgan. Namakob suvlar haroratiga qarab sovuq (20° dan past); iliq (20-35°), issiq (35-42°) va juda issiq suvlarga bo’linadi.