Namangan “Asnam tekstil” qo’shma korxonasi

Namangan “Asnam tekstil” qo’shma korxonasi – O’zbekiston — Turkiya qo’shma to’qimachilik korxonasi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat maqomiga ega. Ta’sischilari: “O’zbekengilsanoat” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, “yengilsanoatinvestxomashyo” aktsiyadorlik jamiyati va Turkiyaning “Astop” firmasi. Korxona qurilishi 1992 yil iyulida imzolangan shartnomaga asosan boshlanib, 1994-2001 yillarda qurildi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 2001 yil apreldan boshlandi. Nizom jamg’armasi 6,99 million AQSh dollari. Shundan O’zbekiston tomonining ulushi 42% (2,93 million dollar), xorijiy hamkorlar ulushi 58% (4,06 million dollar). Namangan “Asnam tekstil” qo’shma korxonasining yillik loyiha quvvati 3600 t paxta kalava ip ishlab chiqarish korxona paxta tolasidan tayyor gazlamalar, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yigiruv, to’quv, pardozlash majmuasiga ega.