“Namanganskaya pravda”

“Namanganskaya pravda” (“Namangan haqiqati”) — Namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Namangan shahrida rus tilida haftada 1 marta chiqadi. Dastlab “Izvestiya namanganskogo Sovdepa” (“Namangan deputatlari kengashi xabarlari”, 1917— 20), “rabochiy put” (“ishchi yo’li”, 1920-21), “Udarnik” (“Zarbdor”, 1934— 45), “zakommunizm”, (“kommunizm uchun”, 1941-58) nomlari bilan nashr etilgan. 1958 yildan hozirgi nomda. Gazetada ijtimoiysiyosiy, ma’naviy-madaniy hamda bozor islohotlariga oid taxliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, undagi maxsus rubrikalarda san’at va adabiyot haqidagi xabarlar, ijodkorlarning asarlari muntazam chop etib boriladi. Adadi 1000 ga yaqin (2003).