Namoz
Namoz-Islom diniga e’tiqod qiluvchilar bajarishi farz deb hisoblanadigan ibodat shakli. Uni maxsus joznamoz ustida tahorat olingandan keyin o’qish qat’iy qoidaga aylantirilgan. Namoz har kuni muayyan vaqtlarda besh mahal: namozi bomdod – erta tongda; namozi peshin – tushdan keyin; namozi asr – kun botishidan oldin; namozi shom – kun botganda; namozi xufton – tunda o’qiladi. Bulardan tashqari “tarovih namozi” bo’lib, u ramazon oyida har kuni og’iz ochilgandan so’ng o’qiladi. Juma namozi masjidda jamoat bo’lib, juma kuni o’qiladi va peshin namozining o’rnini bosadi. Hayit namozi – ramazon va qurbon hayitlarida masjidda ibodat qilinadi.