Nargis Datt
Nargis Datt (asl ismi Fotima Rashid) (1929.1.6. – 1981.3.5) – hind aktrisasi. Kembrij universitetini tugatgan. 6 yoshida “Haqiqat izlab” filmida Bebi Rani rolida suratga tushgan. 1942 yil suratga olingan “taqdir” filmidagi shama Nargisning birinchi yirik roli bo’ldi. 1949-56 yillar oralig’ida Raj Kapur bilan 15 ta film (“daydi”, “Janob 420”, “Yomg’irlar mavsumi” va boshqalar) ishlashdi. U, shuningdek, “ona Hindiston”, “olov”, “Romeo va Juletta”, “Barsaat”, “uch dengiz osha sayoxat”, “Anxone” kabi filmlarda bir-biriga o’xshamagan turfa obrazlar galereyasini yaratdi. Ayniqsa, uning “ona Hindiston” filmidagi Radha obrazi aktrisa ijodida alohida o’rin tutadi. “Tun va kun” u suratga tushgan so’nggi filmdir. 1972 yil Toshkentda o’tkazilgan Osiyo va Afrika mamlakatlari kinofestivalining qatnashchisi.