Narshaxiy

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik anNarshaxiy (899-959) — tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlog’ida tug’ilgan. Tarjimai holiga oid ma’lumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943-944 yillarda “Buxoro tarixi” (“tahqiqi viloyati Buxoro”) nomli asarini Arab tilida yozib, uni Somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943-954)ga bag’ishlagan. N.ning o’g’li Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Ja’far asarni Arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997-999), ya’ni so’nggi Somoniylar davrigacha to’ldirishgan. Nasafiyning “kitob al-qand” (“Samarqandiya”) va Abu Sa’d as-Sam’oniy (1113— 1167) ning “kitob al-ansob” asarlarida Narshaxiy haqida ma’lumotlar mavjud. Narshaxiy o’z tug’ilgan qishlog’ida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan. 1128 yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178— 79 yillarda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi ma’lumotlar bilan ma’lum ma’noda to’ldirganlar. “Buxoro tarixi” 36 bobdan iborat bo’lib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bag’ishlangan. Kitobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qadimgi nomlari, qad. podshohlariga bag’ishlangan. Asarning maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi karmana, Nur, Tavois, Iskajkat, Sharg’, zandana, Vardona, Afshona, Barkat, romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va boshqalar.”Tarixi Narshaxiy” kitobining birinchi begi (yangi Buxoro, 1904). “Buxoro tarixi” kitobining birinchi beti (toshkent, 1966). shahar va qishloqlarning tasviriga bag’ishlangan. Unda bu joylarning tarixi, aholisi va uning mashg’uloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo’lgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda O’rta Osiyoda Arab xalifaligi hukmronligining o’rnatilishi, Islom dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, Abu Muslim va boshqalar boshchiligidagi xalq qo’zg’olonlari batafsil hikoya qilinadi. “Buxoro tarixi”da 9-asrda O’rta Osiyoning Arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlatining barpo bo’lishi va Somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid ma’lumotlar bo’lib, unda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham Ark va shahristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. Asar faqat Buxoro tarixinigina emas, balki butun O’rta Osiyo tarixini o’rganishda hamda Nodir manbadir. “Buxoro tarixi” Parij (1892)da frantsuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939) da fors, Toshkent (1897)da rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 1993)da o’zbek tilida, Dushanba (1979)da tojik tilida nashr etilgan. As: Buxoro tarixi, T., 1966. Ad.: Kamaliddinov Sh. S “Kitob al-ansab” Abu sa’da Abdalkarima ibn Muhammada as-Sam’ani kak istochnik po istorii i istorii Kultur Sredney Azii, T., 1993; Najmuddin anNasafiy, Samarqandiya, T., 2001.