Nasaviy

Nasaviy (to’liq ismi Abulhasan Ali ibn Ahmad annasaviy) (?, Nasa shahri — taxminan 1030) — o’rta osiyolik matematik. Avval buvayhiy sultonlari, so’ngra Mahmud G’aznaviy saroyida xizmat qilgan. U “Hind arifmetikasi xaqida etarlicha ma’lumot” (“Al-muhi’fil- hisob al-hind”) nomli asar hamda Meneley va Arximed asarlariga sharxlar yozgan. N.ning asari butun sonlar, o’nli kasrlar ustida amallarga, oltmishli kasrlarga bag’ishlangan to’rtta maqoladan iborat. Asardagi taqribiy kvadrat va kub ildiz chiqarish qoidalari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu qoidalar hozirgi belgilashlarda quyidagicha: Nasaviy, Shihobiddin Muhammad Annasaviy (? -1249) — tarixchi, Ashxobod yaqinidagi Xurandiz qal’asi hokimi (1219-21). Nasaviy 1220-24 yillarda mo’g’ullar istilosiga qarshi kurash olib borgan. 1224 yildan Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi bo’lgan, uning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1241 yil Arab tilida “Siyrat as-Sulton Jaloliddin Manguberdi” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti tafsiloti”) nomli asar muallifi. Asarda Movarounnahrni bosib olinishi bilan bog’liq voqealar bayon etilgan. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli to’g’risida qimmatli ma’lumotlar bor. Asar 13-asr oxirlarida fors tiliga tarjima qilinib, Tehronda, uning Arabcha nusxasi Parij, Qohirada, ruscha tarjimasi Bokuda va o’zbek tilida Toshkentda (1999) nashr etilgan. As: Shahobiddin Muhammad annasaviy, Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti, T., 1999.